Assalomu alaykum!
OLMAZOR TUMANI 25-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING RASMIY SAYTIGA XUSH KELIBSIZ!
Toshkent shahar Olmazor tumani Muhitdin Qori-Yoqibov nomidagi 25-sonli bolalar musiqa va san’ati maktabi 1972-yilda tashkil topgan. 200 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan, I tipga kiradi. Maktab davlat dasturi asosida 2012-yil rekonstruksiya qilingan.
Maktabda Ustoz-shogird an’analari saqlanib qolingan bo‘lib, maktabmiz bitiruvchilari Turg’unboyeva Dilshoda A’lam qizi, Muminova Diyora Alisher qizi, Raxmatov Baxrom O‘tkirjon o‘g‘li, Xashimova Shodiya Sobir qizi yosh mutaxassis o‘qituvchilar safida faoliyat olib borishmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktabining faoliyati davomida maktab o‘quvchilari shahar, respublika hamda xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
2024-yilning 29-mart kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Art silk way” xalqaro tanlovida xoreografiya yo‘nalishi “YULDUZ” raqs guruhi GRAN PRI sohibi bo‘ldi.
2024-yil 15-20 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida 5-sinf o‘quvchisi Sunnatullayeva Shodiyaxon bronza medali ya’ni 3-o‘rinni egalladi.
2024-yilning 31-may kuni Toshkent shahar BMSMlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Raqslar jilosi” shahar tanlovida “ILHOM” va “YULDUZ” raqs guruhlari 1-o‘rinni egallashdi.
2024-yilning 9-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tashkent summer festival” xalqaro tanlovida fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchilari Nazarova Tatyana Vladimirovna va O‘tkurova Dilafruz Mahmud qizi 1-o‘rinni, Sadikova Sevara Mirali qizi 2-o‘rinni, 3-sinf o‘quvchisi Tadjixodjayeva Raniyaxon 1-o‘rinni egallashdi.
2024-yilning 7-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Talant Kazakhstan” xalqaro tanlovida xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari Fazliddinova Dilyora va Xakimjonova Farzona 1-o‘rinni egallashdi.
Maktabda o‘quvchilarning har tomonlama mukammal bilim olishlari maqsadida muntazam ravishda taniqli ustozlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazib kelinadi.
25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining ustuvor maqsadlaridan biri - ta’lim sifatini oshirish va o‘qitishning yangi yo‘nalishlarini tadbiq qilishdan iboratdir.
Maktabimizning har bir o‘quvchisini yanada iqtidorli, istedodli va professional ijodkor bo‘lishida o‘z hissamizni qo‘shishdan mamnunmiz.
OLMAZOR TUMANI 25-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI DIREKTORI
XALITOVA
MADINA ABDUVAXITOVNA