Maktabimizning iste’dodli o‘quvchilari ta’til kunlari ham o‘z iste’dodlarini namoyon qilib kelyapti. Xususan, joriy yilning xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari Fazliddinova Dilyora va Xakimjonova Farzona «TALANTI KAZAXSTANA» xalqaro xoreografiya tanlovida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi ma’muriyati jajji iste’dodlarni va ularning prdagoglarini ushbu yutuq bilan tabriklaydi.