1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Baxromov “Ustozga ehtirom” chellenji doirasida Toshkent shahrida faoliyat yuritayorgan bir qator bolalar musiqa va san’at maktablariga tashrif buyurib, maktablar rahbariyatlari va ustozlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tashrif davomida ustozlarga bayram sovg‘alari topshirilib, ularning sharafli va mas’uliyatli mehnatiga chuqur hurmat va minnatdorlik bildirildi.