Maktabimizning iqtidorli o‘quvchilari ustozlari hamrohligida 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, kichkintoylar uchun targ‘ibot konsert dasturini namoyish etdilar.
Quvnoq kuy-qo‘shiqlar va jonli ijrolarga boy konsert bolajonlarga katta quvonch bag‘ishladi.
Kichkintoylar konsertni katta qiziqish va zavq bilan tomosha qildilar.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad — bolalarda musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning iste’dodini kashf etish hamda kelajakda san’at yo‘lini tanlashga ilhomlantirishdir.
San’atga oshno qalblar — yorqin kelajak poydevori!