Joriy yilning 2-oktayabr kuni Toshkent shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “MUSIQA NAVOLARI” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabimiz o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Tadjixodjayeva Raniyaxon 1-o‘rinni (pedagog T. Nazarova), Bikinyayeva Amaliya 2-o‘rinni (pedagog S. Safarova), Ro‘zimuxammadova Ruxshona 3-o‘rinni (pedagog S. Safarova) egallashdi va festival diplomlari bilan taqdirlanishdi. Maktab ma’muriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu yutuq bilan muborakbod etib kelgusi o‘qishlariga omad tilab qoladi.