Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʼi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbai. Chunki, inson uchun hayotiy zarurat bo‘lmish bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiramiz, adob-axloqimiz, feʼl-atvorimiz til orqali berilgan o‘git hamda nasihatlar asosida shakllanadi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 25-son BMSM o‘quvchilari 133-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdilar.