Maktabimizning xoreorgafiya bo‘limida iqtidorli o‘quvchilar ta’lim olishadi. Bo‘lim pedagoglarining sa’y-harakatlari bilan ular turli tanlovlarda, festivallarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, pedagog Nargiza Adiljanovna Isaxova rahbarligidagi “Sarafro‘z” raqs guruhi joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Art silk way” xalqaro tanlovida ishtirok etib grand pri va 1-o‘rin sohibi bo‘ldilar. Pedagog Munisa Sheraliyevna Qurbonova rahbarligidagi “Yulduz” raqs guruhi ham ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Yutuqlaringiz bardavom bo‘laversin, aziz bolajonlar!