Madaniyat va san’at yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning tajriba va malakasini oshirish soxaning kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 01-17-18-son qo‘shma qarori hamda Madaniyat vazirining 2024-yil 25-oktyabrdagi 527-son buyurug’iga asosan joriy yilning 4-6-noyabr kunlari Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat ko‘rsatayorgan pedagoglarning o‘quv fanidan malaka sinovlari o‘tkazildi. Malaka sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga tegishli toifalar berildi.