Davlatimiz bayrogʻi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisol yutuqlar va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzidir. Shu bois ham u qalbimizga tuganmas iftixor, milliy gʻurur tuygʻularini bagʻishlaydi. «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi qonunda Davlat bayrogʻini asrab-avaylash, uni qaerlarda oʻrnatish mumkinligi va boshqa tartib-qoidalari mustahkamlab qoʻyilgan.
Joriy yilning 18-noyabr kuni 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun hamda ushbu sanaga 33 yil toʻlishi munosabati bilan “Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i!” nomli konsert dasturi o‘tkazildi.
Maktab foyesida tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilarining davlat bayrog‘I mavzusida chizgan rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.