Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻz milliy Davlat ramzlarini qabul qildi. 1992-yil 18-noyabr ham mamlakatimiz milliy ramzlaridan biri davlat bayrogʻi qabul qilingan kun sifatida tarixda muhrlanib qoldi. Mana, oʻttiz ikki yildirki, mustaqil Oʻzbekistonimiz dunyo hamjamiyatining teng huquqli bir a’zosi sifatida butun dunyoga tanilmoqda, bayrogʻimiz BMT bosh qarorgohi oldida mamlakatimizning quch-qudratini namoyon etib, hilpirab turibdi. Zero, Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 23-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Bayrog‘imiz - faxrimiz!” nomli shahar miqyosidagi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 25-son san’at bo‘limi o‘quvchilari Zoirova Shaxzoda, Davletshina Rushana va Yakubova Mariyamxon ushbu tanlovda faol ishtirok etib va tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. Maktab ma’muriyati o'qituvchi Turg‘unboyeva Dilshoda A’lam qizI va o‘quvchilarni ushbu yutuq bilan tabriklaydi.