Maktabimiz o‘quvchilari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan reapublika va xalqaro tanlovlarda muvaqqafiyatli ishtiriok etib kelishmoqda.
Estrada xonandaligi yo‘nalishi 4-sinf o‘quvchisi Suvanova Sevinch (pedagog D. A. Muminova) “Oltin kuz” tanlovida ishtirok etib diplom bilan taqdirlandi.
“Festival talantov- Одарённые дети" xalqaro tanlov-festivalida ham estrada xonandaligi yo‘nalishi o‘quvchilari o‘zlarining yorqin iste’dodlarini namoyon qildilar. Pedagog D. A. Muminova o‘quvchilari Fayzullayev Fayzulloh, Suvanova Sevinch va Yulchibayeva Farangiz 1-o‘rinni, Davletshina Rushana, Sorver Avrora va Salimullina Xanifa 2-o‘rinni egallashdi.
Fortepiano yo‘nalishi o‘quvchisi Yulchibayeva Shaxina (pedagog T. V. Nazarova ) “Ohanglar jilosi” xalqaro tanlovida ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egalladi.
“Marhabo, talantlar!” respublika ko‘rik-tanlovida xoreografiya yo‘nalishining “Yulduz” raqs guruhi (pedagog M. Sh Qurbonova) faxrli 2-o‘rinni egalladi. “Ilhom” raqs guruhi faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Estrada xonandaligi yo‘nalishi o‘quvchilari Boboniyazov Kamron, Ziyavutdinova Alyana, Abdullajonova Rayona (pedagog D. A. Muminova) faxriy yorliq bilan taqdirlandilar!
Tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “Kuz fantaziyasi” respublika ko‘rik-tanlovida maktabimizning yosh rassomlari Shavkatova Habibaxon 1-o‘rinni, Saydimova Samira, Yakubova Maryamxon va Abdullajonova Charos (pedagog D. Turg‘unboyeva) 2-o‘rinni egalladilar.
Maktab ma’muriyati barcha iqtidorli o‘quvchilarni va ularning pedagoglarini ushbu yutuqlar bilan muborakbod etadi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.