Maktab yangiliklari

“Orzular yili” nomli hisobot konserti o‘tkazildi

25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida joriy o‘quv yili rejasiga muvofiq “Orzular yili” nomli hisobot konserti o’tkazildi. Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha bo‘limlarda tahsil oluvchi o‘quvchilar o‘zlarining bayramona eng sara asarlari, raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Konsert so‘ngida o‘quv yilida aloxida yutuqlarga erishgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.