Maktab yangiliklari

“Sarhadlari mustahkam zamin” deb nomlangan konsert dasturi o’tkazildi

2025-yilning 13-yanvar kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 25-son hamda 29-son bolalar musiqa va san’at maktablarining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Sarhadlari mustahkam zamin” deb nomlangan konsert dasturi o’tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Pespublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kursantlaridan tashkil topgan qo‘l jangi jamoasi o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Maktab foyesida 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy va amaliy san’at yo’nalishi o’quvchilarining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ko’rgazmasi tashkil etildi.