Olmazor tumani 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. San’at hamda musiqaga qiziquvchi iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarni maktabga qabul qilish uchun BMSMda qabul komissiyasi faoliyat ko‘rsatyapti. Maktabda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar berilyapti. Hujjatlarni qabul qilish hamda maslahat darslari joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etadi.