BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yalpi majlisida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e'lon qilingan. Ushbu sana har yili mamlakatimizda ham keng nishonlanadi. Bu yil Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi tegishli bayoniga muvofiq, 10-14-fevral kunlari “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusida haftalik tashkil qilindi.
Haftalikda olima ayollar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi, talaba va oʻquvchi-qizlar ishtirokida ta’lim muassasalari hamda mahallalarda ilmiy-amaliy anjumanlar, xotin-qizlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazildi.
Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 14-fevral kuni Olmazor tumani 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti faxriy professori Zoitova Dilfuza Djurayevna ishtirokida ijodiy uchrashuv o’tkazildi.