Ushbu kunlarda yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan umumxalq bayramlardan biridir. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga o‘z munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil bo‘lish, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini o‘zida mujassam etganini alohida ta’kidlash lozim.
Joriy yilning 18-mart kuni Olmazor tumani 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida konsert dasturi o‘tkazildi. Konsertda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.