Mart oyi maktabimiz o‘quvchilari uchun yutuqlarga boy oy bo‘ldi.
22-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida o‘tkazilgan “Turkestan music festival” xalqaro tanlovida maktabimiz o‘quvchilari ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladilar.
1-o‘rin: “Sadaf” cholg‘uchilar kvarteti, Yulchibayeva Shaxina va Yulchibayeva Farangiz ishtirokidagi dutorchilar dueti, Saidov Abubakr (dutor), Yulchibayeva Farangiz estrada xonandaligi.
2-o‘rin: Zakirjanov Bilolbek (qashqar rubob).
O‘qituvchilar Xolmatova Xolida Abdug‘ofurovna, Sharipov Alisher Akobir o‘g‘li, Muminova Diyora Alisherovna.
22-mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Dance fusion” xalqaro tanlovida “Yulduz” guruhi gran-pri soxibi bo‘ldi. “Ilhom” va “Sarafro’z” raqs guruhlari faxrli 1-o‘rinni egallashdi. Fazliddinova Dilyora 2-o‘rinni egalladi.
O‘qituvchilar Neizvestnaya Vera Anatolyevna va Isaxova Nargiza Adiljanovna, Kurbanova Munisa Sheraliyevna.
28-mart kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Art silk way” xalqaro tanlovida dutor sinfi o‘quvchisi Yulchibayeva Farangiz ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi.
O‘qituvchi Xolmatova Xolida Abdug‘ofurovna.