2025-yilning 25-mart kuni “Ideal Polygraph” MCHJ va “PIR” nashriyoti hamda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tasviriy san’atini yanda rivojlantirish, yoshlarda milliy va jahon xalq ertaklariga bo‘lgan e‘tiborini yanada kuchaytirish, yoshlarni tasviriy san’at va kitob rassomchiligiga qiziqishlarini oshirish maqsadida maktabimizda “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” nomli ijodiy rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda maktabimiz o‘quvchilari fail ishtirok etishdi va ijobiy natijalarga erishdi.
Katta yosh toifasida Yusupova Zuhra diplom bilan taqdirlandi.
O‘rta yosh toifasida Abduhafizova Asaloy va kichik yosh toifasida Davletshina Rushana faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
O‘quvchilarimizga kelgusida ijodiy parvozlar tilaymiz! Ularning ijodiy ishi ertak kitobida chop etiladi.
Tasviriy san’at yo‘nalishi o‘qituvchilari Mokina Elena Vladimirovna, Turg‘unboyeva Dilshoda A’lam qizi va Toroptsov Aleksey Vladimirovichga tashakkur bildiramiz!
Tadbir doirasida 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining haykaltaroshlik fani o‘qituvchisi Toroptsov Aleksey Vladimirovich mahorat darsi o’tkazdi.