Maktab yangiliklari

Yosh raqqosalarimizning yutuqlari

2025-yilning 6-aprel kuni Toshkent shahrida “Fire work of stars” xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Ilhom” raqs guruhi ushbu tanlovda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladi. Yosh raqqosalarimiz tomonidan ijro etilgan “Rus go‘zali” va “Bahor” raqslari raqsi 1-o‘ringa, “Gandagan” raqsi esa 3-o‘ringa loyiq deb topildi. O‘qituvchi Vera Anatolyevna Neizvestnaya hamda iqtidorli o‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.