2025-yilning 19-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Flora dans” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Yulduz” raqs guruhi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ular ijro etgan “Surnay lazgi” raqsi va hindcha raqs 1-o‘ring loyiq deb topildi. Shuningdek, Fazliddinova Dilyora ham faxrli 1-o‘rinni egalladi.