2025-yilning 20-aprel kuni Toshkent shahrida “Tashkent music festival” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan maktabimiz o‘quvchilari ajoyiub natijalarni qo‘lga kiritishdi.
Fortepiano yo‘nalishi o‘quvchisi Xolqulova Muslima va xalq cholg‘ulari yo‘nalishi dutor sinfi o‘quvchisi Nasrullayeva Nozima 2-o‘rinni, umumiy fortepiano sinfi o‘quvchisi Abduazimova Farzona 3-o‘rinni egallashdi.
O‘qituvchilar Safarova Sevara Uchkunovna, Xaydarova Zilola Patxillayevna, O‘tkurova Dilafruz Maxmud qizi.
Maktab ma’muriyati o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilarimizni ushbu yutuqlar bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.