Maktab yangiliklari

Plener mashg‘uloti tashkil qilindi

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari uchun yozgi ta’til davrida bir qator qiziqarli va foydali mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 18-iyun kuni tasviriy san’at o‘qituvchi va o‘quvchilari plener mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun Yapon bog‘iga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar tabiat qo‘ynida o‘z iste’dodlarini namoyish qilishdi.