Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahrida “Festival talantov- Одарённые дети” xalqaro tanlov-festivali o‘tkazildi. Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi estrada xonandaligi yo‘nalishi o‘quvchilari ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xususan, Abdullajonova Rayona 1-o‘rinni, Fayzullayev Fayzulloh, Romanovich Zlata 2-o‘rinni, Salimullina Safiya 3-o‘rinni egallashdi.
Maktab ma’muriyati o‘qituvchi Muminova Diyora Alisherovna va iqtidorli o‘quvchilarni tabriklaydi.