Maktab yangiliklari

Yosh dutorchilarimizning muvaffaqiyatlari

2026-yilning 28-mart kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Dance fusion” xalqaro tanlovida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi xalq cholg‘ulari yo‘nalishi o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Saidov Abu Bakr va Saidov Saidmaxmud “Sadaf” dueti va Akmalova Odinaxon Gran pri sohibi bo‘lishdi! Saidov Abu Bakr shuningdek yakka ijroda 1-orin sohibi bo‘ldi.

O‘qituvchi Xolida Abdug‘ofurovna Xolmatova, jo‘rnavoz Gulnoz Rufatovna Safayeva hamda iqtodorli o‘quvchilarni tabriklaymiz!