Maktab yangiliklari

“Shahar fortepiano festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Shahar fortepiano festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festival Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida tashkil etilib, yosh ijrochilarning mahoratini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda fortepiano san’atini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

25-son bolalar musiqa va san’at maktabi fortepiano bo‘limining o‘quvchisi Omonova Shaxzoda festivalda muvaffaqiyatli ishtirok etib festivalning diplom hamda faxriy yorlig‘ bilan taqdirlandi.