Maktab yangiliklari

“Bahor nafasi” tanlovi boʻlib oʻtdi

Toshkemt shahar Madaniyat boshqatmasi tasarrufidagi Chilonzor tuman, 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 26-mart sanasida Toshkent shahar bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha “Bahor nafasi” Toshkent shahar tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovga K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bir guruh dotsent-o‘qituvchilari xay’at a’zolari sifatida tashrif buyurib, tanlov ishtirokchilarini munosib baholashda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning badiiy didini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish hamda bahor faslining go‘zalligi va yangilanish ruhini san’at orqali ifodalashdan iborat bo‘ldi.

Mazkur tanlov o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Maktabimiz o‘quvhcilari ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xususan, tasviriy san’at yo’nalishi bo‘yicha Borisova Madina va Yakubova Maryamxon 1-o‘rinni, amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha Yansupov Imran va Xatamjonov Baxrom 2-o‘rinni, haykaltaroshlik bo‘yicha Shaudunova Sanam 3-o‘rinni egllashdi.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.