Maktab yangiliklari

Maktabimiz o‘quvchilarining yutuqlari

2026-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan “Радуга Навруза” xalqaro tanlovida Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at yo’nalishi o’quvchilari ishtirok etib faxrli o’rinlarni egalladilar!

Iqtidorli o‘quvchilar Yusufxo’jayeva Soliha va Olimjonova Azizaxon Gran prini, Davletshina Rushana 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Pedagog Turg’unboyeva Dilshoda A’lam qizi.

Shuningdek, xoreografiya yo’nalishi o’quvchisi Asrorova Komola “Gold talents” xalqaro televizion tanlovida ishtirok etib 1-o’rinni egalladi.

Pedagog Qurbonova Munisa Sheraliyevna.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.