Joriy yilning 12-may kuni Olmazor tumanidagi 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Tong yulduzi” gazetasi hamda Ozarbayjon Respublikasining “AZERTAJ” axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Milliy urf-odatlar va bayramlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi keng boʻlib oʻtdi.
O‘quvchilar, ota-onalar hamda ustozlar ishtirok etgan tantanali taqdirlash marosimida «Tong yulduzi» respublika bolalar va o‘smirlar gazetasi bosh muharriri Feruza Adilova, «Gulxan» jurnali bosh muharriri Zahro Hasanova, 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Madina Xalitova g‘olib o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.