Maktab yangiliklari

M. A. Madjidov Malaka oshirish Tarmoq markazida tinglovchilar bilan uchrashdi

Malaka oshirish Tarmoq markazida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Madjidov Murodjon Abdullayevich ishtirokida tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, unda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Madaniyat sohasi rivoji, malaka oshirish tizimi, ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularning har biriga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari tinglovchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish muhimligi alohida ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv tinglovchilar uchun foydali va mazmunli muloqot maydoniga aylanib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga oid muhim tavsiyalar hamda motivatsion fikrlar bilan boyitildi.