Maktab yangiliklari

Malaka oshirish kurslari doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Malaka oshirish kurslari doirasida bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari uchun kunning birinchi yarmida T. Sodiqov nomidagi 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ko‘chma dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida Mirobod tumani 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Muxitdinova Muxabbat Bakiyevna ishtirokchilarga “Bolalar musiqa va san’at maktablarida zamonaviy boshqaruv va taraqqiyot strategiyasi” mavzusida mazmunli ma’ruza hamda amaliy tavsiyalar taqdim etdi.