Maktab yangiliklari

N. Sayfullayev bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 3-son va 23-son bolalar musiqa va san’at maktablariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi v.v.b. boshlig‘i Bekzod Baxromov tomonidan maktablarda olib borilayotgan ta’lim va ijodiy jarayonlar, pedagoglar faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik baza haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mavjud infratuzilma va sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda yosh iste’dodlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.