Maktab yangiliklari

Azizabonu Oripova – respublika tanlovi sovrindori!

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 25-son bolalar musiqa va san'at maktabining tasviriy san’at yo’nalishi 4-sinf o’quvchisi Azizabonu Oripova “Ona diyor - ranglar jilosida” respublika yosh ijodkorlar rasmlar tanlovida ishtirok etib 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

O‘qituvchi Turg‘unboyeva Dilshoda A’lamovna va iqtidorli o‘quvchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida ijodiy yutuqlar tilab qolamiz!